Kamoliddin Anorboyev
Kamoliddin Anorboyev
Matematika o‘qituvchisiman. O‘quvchilarni Prezident maktablariga kirish imtihonlari hamda OTM uchun majburiy matematika fanidan tayyorlash bo‘yicha tajribaga egaman. Newton Academy o‘quv markazi va maktabda o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritganman. Shuningdek, Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida 2 yillik ish tajribam mavjud.
O‘zbekiston Milliy universitetida Amaliy matematika va informatika yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatni, Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetida esa magistraturani tamomlaganman.
Darslarda mavzularni sodda va tushunarli tarzda tushuntirish, masalalarni mantiqiy tahlil qilish va o‘quvchining mustaqil yechim topish ko‘nikmalarini rivojlantirishga e’tibor qarataman.