Diyora Usmonova
Diyora Usmonova
Ingliz tili bo‘yicha 5 yillik tajribaga egaman. Farg‘ona davlat universitetining ingliz tili filologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr bosqichini tamomlaganman. Ingliz tilini C1 darajada bilaman.
Darslarimda o‘quvchilarning individual maqsadlari va bilim darajasiga e’tibor qarataman. Grammatikani tushunarli tarzda o‘rgatish, so‘z boyligini oshirish hamda tinglab tushunish va erkin gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida ahamiyat beraman.