Shaxboz Ismoilov
Shaxboz Ismoilov
Men — Shaxboz Ismoilov, dasturlash va kompyuter savodxonligi bo‘yicha 3 yillik o‘qituvchilik tajribasiga ega mutaxassisman. TATU bitiruvchisiman hamda 4 yildan buyon Frontend va sun’iy intellekt (AI) yo‘nalishlarida dasturchi sifatida faoliyat yuritaman.
Darslarimda nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirishga alohida e’tibor beraman. Murakkab mavzularni sodda va tushunarli tarzda tushuntirib, o‘quvchilarga zamonaviy texnologiyalar va dasturlash ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich o‘zlashtirishga yordam beraman.