Men 5 yildan beri xitoy tilidan dars beraman. Xitoy tilini HSK 5 darajasida bilaman va o‘quvchilarga xitoy tilini bosqichma-bosqich, tushunarli va samarali tarzda o‘rganishda yordam beraman.
Darslar davomida o‘quvchining hozirgi darajasi va maqsadiga e’tibor qarataman. Xitoy tilida so‘z boyligini oshirish, grammatika, talaffuz va kundalik muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beraman.
Agar siz xitoy tilini noldan o‘rganmoqchi yoki mavjud bilimlaringizni rivojlantirmoqchi bo‘lsangiz, birgalikda yaxshi natijaga erishishimiz mumkin 🇨🇳