Asror Xoʻjamshukurov
Asror Xoʻjamshukurov
Matematika fani o‘qituvchisiman. Maktabda 4 yillik va o‘quv markazlarida 3 yillik pedagogik tajribaga egaman. Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlaganman.
O‘quvchilarni matematika fanidan Milliy sertifikat imtihoniga, majburiy matematika bo‘yicha test sinovlariga hamda Prezident maktablariga kirish imtihonlariga tayyorlayman. Milliy sertifikatdan B+ darajaga va SAT Mathematics bo‘yicha 700/800 natijaga egaman.
Faoliyatim davomida davlat va xususiy maktablarda, shuningdek, IT Time va Alouddin ta’lim markazlarida dars berganman. Darslarni asosan o‘zbek tilida olib boraman va mavzularni o‘quvchining bilim darajasiga mos, tushunarli tarzda o‘rgatishga e’tibor beraman.